23-noyabr kuni “Kamolot” Yoshlar ijod saroyida Toshkent moda haftaligi doirasida O‘zbekiston yosh dizaynerlarining #beyoung kolleksiyalar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Podium OTM talabalari, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari va yosh dizaynerlari tomonidan taqdim etilgan 200 dan ziyod arizalar ichidan saralab olingan 76 modelerning 44 kolleksiyasiga guvoh bo‘ldi.

Moda haftaligining ikkinchi kuni “Moda sanoati innovatsiyalari va zamonaviy texnologiyalari” konferensiyasi ham bo‘lib o‘tdi. Xalqaro va mahalliy ekspertlar “Kamzullarda moda va trendlar rivojini istiqbolli bashorat qilish imkoniyatlari”, “Texnoparklarning ilm-fan, ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasidagi roli” va “Innovatsion marketing va fashion-sanoat brendini rivojlantirish” kabi mavzularni muhokama qildi.

Foto