22-noyabr kuni “Kamolot” Yoshlar ijod saroyida Toshkent moda haftaligi-2016 ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tashkilotchilar xabariga ko‘ra, 27-noyabrga qadar davom etadigan tadbir davomida mahalliy va xorijiy dizaynerlar namoyishlari hamda moda sanoati texnologiyalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Olti kun mobaynida 956 ishlanma ommaga namoyish qilinadi. Toshkent moda haftaligida 11 mamlakat: Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Janubiy Koreya, Kuvayt, Qirg‘iziston, Latviya, Polsha, Rossiya va Tojikistondan fashion-sanoat vakillari qatnashadi.

Haftalik avvalida “O‘zbek badiiy gazlamalari” ko‘rgazmasi hamda O‘zbekistonning barcha hududlari taqdim etgan an’anaviy o‘zbek kamzullari namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Foto