Shahar 1055 dispecherlik xizmati kunu tun turar-joy kommunal xo‘jaligiga taalluqli arizalarni qabul qiladi, xabar qildi Toshkent shahar hokimiyati axborot xizmati.

Qisqa raqam orqali issiqlik, tabiiy gaz, elektr ta’minoti, ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari, kirish yo‘laklari, chordoqlar, tom ustidagi barcha muammolar yuzasidan murojaat qilish mumkin. Shuningdek, dispecherlik markazi xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlarni qabul qilib, mazkur muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘radi.

Shu bilan birga, to‘rt raqamli dispetcherlik xizmatlari har bir tumanda ham tashkil etilgan. Ular quyidagi raqamlar orqali aholini qiynayotgan barcha muammolarga zudlik bilan yechim topish ustida ish olib boradi:

  • Bektemir tumani — 1068
  • Mirobod tumani — 1079
  • Mirzo Ulug‘bek tumani — 1075
  • Olmazor tumani — 1070
  • Sergeli tumani — 1071
  • Uchtepa tumani — 1073
  • Chilonzor tumani — 1056
  • Shayxontohur tumani — 1077
  • Yunusobod tumani — 1078
  • Yakkasaroy tumani — 1074
  • Yashnobod tumani — 1076

Har bir murojaat audio formatida yozib olinadi va ularning ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatilgan. Dispetcherlik xizmatiga qilgan har bir murojaat ijrosi doimiy nazoratda bo‘lishi ta’minlanadi, qayd etadi hokimiyat axborot xizmati.