O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtati Kanpur shahrida yuz bergan temir yo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlarning nobud bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Hindiston Prezidenti Pranab Kumar Mukerjiga maktub yo‘lladi.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, O‘zbekiston rahbari chuqur ta’ziya izhor etib, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jabrlanganlarga samimiy hamdardlik tuyg‘ularini yetkazib qo‘yishni so‘radi.

Yakshanba kuni tunda Indor-Patna tezyurar poyezdi temir yo‘l izlaridan chiqib ketishi oqibatida 140 nafardan ziyod kishi hayotdan ko‘z yumib, 200 nafarga yaqini jarohatlangan edi.