2014 yilda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari amaliyotga izchillik bilan tatbiq etilib, bu borada aholi va tadbirkorlarning murojaatlari o‘z vaqtida hal etilishida zamin bo‘layotir.

Joriy yilning 24 sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining internet tarmog‘idagi elektron qabulxonaning ishga tushirilganligi mazkur qonun ijrosini yanada jadallashtirish va zamonaviy va o‘ziga xos yondoshuvlardan samarali foydalanishda ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi.

Mana shu amaliy ishlarning mantiqiy davomi sifatida mirojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish uchun 2016 yil 27 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tuman hokimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi va albatta, bu sa’y-harakatlarni davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifaga aylantirildi.

Shu maqsadda “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bank tomonidan ham jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holatini tubdan isloh qilish, kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Mazkur qonun ijrosi yuzasidan murojaatlar bilan ishlashning sifatini yanada yaxshilash, natijadorligini oshirish maqsadida bank Boshqaruvi qaroriga asosan “Agrobank” ATBning veb-saytida Boshqaruv raisining virtual qabulxonasi ishga tushirildi.

Endilikda bank tizimiga oid murojaatlarni jismoniy va yuridik shaxslar tezkor, qulay va zamonaviy elektron vositalari yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri virtual qabulxona orqali yo‘llash imkoniyati yaratildi.

Bu esa “Agrobank” ATB tomonidan ham O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonuni talablarini sifatli va murojaatlar yechimini o‘z vaqtida hal etishi uchun samarali sa’y-harakatlar olib borilayotganligidan dalolatdir.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.