16-noyabr kuni Toshkentdagi “Turkiston” san’at saroyida 2016-yilgi bodibilding va fitnes bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi bo‘lib o‘tgan edi. Unda musobaqa boshlanishiga qadar dastlabki saralashdan o‘tgan 200 sportchidan 86 nafari ishtirok etdi.

Tadbir ikki qismga bo‘lindi. Birinchisida bodibilding bo‘yicha vazn toifasida mutlaq chempionlar aniqlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonning bodibilding bo‘yicha amaldagi, fitnes bo‘yicha 2014 va 2016-yilgi chempioni, ikki karra Osiyo chempioni Pavel Umurzakov g‘olib bo‘ldi.

U 100 kg gacha vaznda “Bodibilding (erkak-usta)” va “Bodibilding (erkaklar)” toifalarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yangi “Paralimpik-fizik (erkaklar)” yo‘nalishida Farhod Umirzoqov (Jizzax, №57)ning chiqishi tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Yoshlar o‘rtasida 75 kg gacha vazn toifasida termizlik Jasur Sattorov (№159), 75 kg dan yuqori vazn toifasida Toshkent vakili Daniil Svechnikov (№54) g‘olib bo‘ldi.

Turli vazn toifalarida birinchi o‘rin egalari quyidagi ko‘rinishda taqsimlanda: Islom Ergashev (№33, Toshkent, 60 kg gacha), Ziyodulla Ahmadaliyev (№95, Toshkent, 65 kg gacha), Baxtiyor Mamajonov (№ 141, Toshkent, 70 kg gacha), Bekzod Shukurov (№174, Toshkent, 75 kg gacha), Sergey Fomin (№12, Toshkent, 80 kg gacha), Aleksandr Jalilov (№163, Toshkent, 85 kg gacha), Daniil Svechnikov (№54, Toshkent, 90 kg gacha) va Pavel Umurzakov (№15, Toshkent, 100 kg gacha).

“Atlet-fizik” dasturida Toshkent vakili Javohir Narziyev (№55, 180 sm gacha va +5 kg) va Davronbek Tuygunov (№167, 180 sm dan yuqori va + 6 kg). “Sport-fizik” guruhida erkaklar o‘rtasida toshkentlik Nurillaxo‘ja G‘ulomov (№152, 180 sm gacha — cheklovsiz vazn/bo‘y) va Afael Abunayev (№79, 180 sm dan yuqori va + 4 kg) g‘olib bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda ham g‘oliblar aniqlandi. “Atletik-fizik” bo‘yicha Yelena Nurayeva (№165, Toshkent, 165 sm gacha) va Yelena Juravlyova (№136, Toshkent, 165 sm dan yuqori) g‘olib bo‘ldi. Marina Demidova (№96, Toshkent) “Fitnes-fizik” yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi. “Model-fizik” guruhida Diana Axmatkulova (№89, Toshkent, 165 sm gacha) va Malika Vakasova (№38, Toshkent, 165 sm dan yuqori g‘olib chiqdi).

Foto

Video: intervyu Pavla Umurzakova