“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 2018-yilga qadar chiptalarni Visa, MasterCard, UnionPay va boshqa xalqaro to‘lov tizimlari orqali onlayn sotishni yo‘lga qo‘yadi, xabar bermoqda infoCOM.UZ jurnali.

Bugungi kunda aviachiptalarni kompaniya sayti orqali faqatgina UzCard tizimi orqali sotib olish mumkin.

Chiptalarni onlayn-bronlash va onlayn xarid qilish loyihalarini amalga oshirish yakuniga yetganidan so‘ng chiptalarni mazkur xizmatlar uchun to‘laqonli mobil ilova ishga tushiriladi.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston havo yo‘llari” o‘z reyslariga onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini tadbiq etishni ham rejalashtirmoqda.