19-noyabr kuni Las-Vegasda (AQSH, Nevada shtati) yirik boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida yarim og‘ir vaznda WBA (Super), WBO va IBF versiyalari bo‘yicha jahon chempioni 33 yoshli rossiyalik Sergey Kovalyov (30−0−1, 26 KO) Super Six turniri g‘olibi va ikkinchi o‘rta vaznda sobiq yetakchi 32 yoshli amerikalik Andre Uord (30−0−0, 15 KO) bilan jang qiladi.

Hedlaynerdan tashqari, uchrashuv tashkilotchilari yana to‘qqiz jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jumladan, O‘zbekistonlik 24 yoshli Botirsher Obidov (6−0−1, 2 KO) ham 23 yoshli rossiyalik Baxram Murtazaliyev (6−0−0, 4 KO)ga qarshi sakkiz raundlik jangga chiqadi.

Andijonlik bokschi professional boksdagi kar’erasini 2015 yil fevralida boshlagan. Bu vaqt davomida u AQSHda yetti uchrashuv o‘tkazib, ularning oltitasida g‘alaba (ikkita nokaut) va bir durangga erishdi.

Turnir T-Mobile Arena`da o‘tkaziladi, translyatsiya esa Pay-Per-View (to‘la va tomosha qil) tizimi bo‘yicha HBO telekanali orqali amalga oshiriladi. Shou Rossiyaning Birinchi kanali orqali jonli efirga uzatiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir 20-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 9:50 da olib beriladi.