19-noyabrdan O‘zbekiston hududida havo haroratining keskin sovishi kutilmoqda, xabar qildi O‘zgidromet.

21-noyabrga qadar havo harorati kechasi −2…−7 daraja Selsiy, kunduzi — −2…+3 darajaga qadar tushishi kutilmoqda.

Ushbu uch kunda (19−21-noyabr) O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliklar — yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Shamol tezligi 17−22 m/s ga qadar kuyadi.

Sovuq va quruq ob-havoning 27-noyabrga qadar saqlanib qolishi kutilmoqda.