10-noyabr kuni Toshkent hayvonot bog‘ida Nil timsohi o‘ldi, xabar qildi hayvonot bog‘i ma’muriyati.

Timsoh Boy uch yil muqaddam Isroildan keltirilgan edi. Bu vaqt mobaynida jonivor mahalliy sharoitga juda yaxshi moslashib, 120 santimetrdan 2 metrdan ziyodroqqa ulg‘aygan edi.

Timsoh o‘limiga oshqozon qismida yot jismlarning tiqilib qolishi sabab bo‘lgan. Unda bolalar o‘yinchog‘i aniqlangan.

Bundan avvalroq hayvonot bog‘i ma’muriyati voler ichida oxir-oqibat timsohning o‘limiga sababchi bo‘lgan turli buyumlar aniqlangani haqida xabar bergan edi.

7 noyabr kuni tonggi ko‘rik vaqtida yaqindagina Qozog‘istondan keltirilgan yosh jirafa oxurida 20 santimetr uzunlikdagi metall sim aniqlangan edi.