O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Moldova Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Igor Dodonni tabrikladi, xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Maktubda davlat rahbari O‘zbekiston va Moldova o‘rtasidagi an’anviy do‘stlik munosabatlari va o‘zaro manfaatli hamkorlik davlatlarimiz va xalqalarimiz manfaatlari yo‘lida bundan-buyon ham rivojlanashi va mustahkamlanishiga ishonch bildirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Igor Dodonga mustahkam sog‘lik, birdamlik, mas’uliyatli davlat mansabida ulkan muvaffaqiyatlar, Moldova xalqiga esa tinchlik va taraqqiyot tiladi.