O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Rumen Rudevni Bolgariya Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan tabrikladi, xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Maktubda qayd etilganidek, mamlakatlarimiz siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda samarali hamkorlik sur’atlarini oshirish va kengaytirish uchun va keng qulay imkoniyatlarga ega.

O‘zbekiston rahbari Rumen Rudevning yuqori lavozimdagi faoliyati o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va mustahkam munosabatlar davlatlar va xalqlar manfaatlari yo‘lida bundan-buyon ham rivojlanashi uchun zamin yaratishiga ishonch bildirdi.