O‘zbekistonda saylovchilarga dekabrda bo‘lib o‘tadigan Prezident sayloviga taklifnomalar tarqatish boshlandi. Saylovga taklifnoma avvalgi yillarda chiqarilgan taklifnomalardan tubdan farq qiladi, xabar qildi O‘zA.

Taklifnoma A5 formatidagi qog‘ozga oldi va orqa tarafiga rangli bo‘yoqlar bilan chop etish orqali nashr etilgan bo‘lib, unda to‘rt nomzod ism-sharifi hamda ularni ilgari surgan partiyalarning nomi va timsollari aks ettirilgan.

Taklifnomada “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi Qonunning 31-moddasidan iqtibos ham keltirilgan: “har bir saylovchi shaxsan ovoz beradi, boshqa kishilar uchun ovoz berishga yo‘l qo‘yilmaydi”.

Har bir taklifnomaga saylovchining ismi familiyasi yozilgan. Uni saylovchilar ro‘yxati varaqasiga har bir saylovchining shaxsan o‘zi imzo qo‘ygach taqdim etilmoqda.

4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovida 21,4 milliondan ziyod fuqarosi ishtirok etadi.