14-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Tojikiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston davlatlararo chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokara jarayonini faollashtirish va uni qonuniy rasmiylashtirishni tezlashtirish masalalari muhokama qilindi.