11−13-noyabr kunlari Sofiyada (Bolgariya) sportcha va jangovar sambo bo‘yicha jahon birinchiligi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 77 mamlakati vakillari uch yo‘nalishda — ayollar va erkaklar hisobi hamda jangovar sambo bo‘yicha 27 mukofot jamlanmasi uchun kurash olib bordi, xabar qilindi Xalqaro sambo federatsiyasi (XSF) rasmiy saytida.

Uch musobaqa yakunlari bo‘yicha 15 vakil bilan ishtirok etgan O‘zbekiston termasi to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi. Sportcha samboda Sarbon Ernazarov (68 kg gacha) bronza medaliga ega bo‘ldi. Jangovar sambo bo‘yicha esa Islom Qudratov (75 kg gacha, “bronza”), Islomjon Azimov (100 kg gacha, “bronza”) va Olim Xudoyqulov (+100 kg, “kumush”) sovrindorga aylandi.

Turnirda g‘oliblik Rossiya termasiga nasib etdi.

Musobaqa davomida XSF kongressi ham o‘tkazilib, unda tashkilot tarkibi 88 mamlakatgacha kengaydi -Shri-Lanka, Filippin vaKanada ham a’zo bo‘ldi. Endilikda federatsiya samboni olimpiya sport turlari tarkibiga kiritishga erishishni maqsad qilgan.

Kelgusi jahon chempionati 2017-yil Sochida (Rossiya) bo‘lib o‘tadi.