O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining yangilangan ro‘yxati loyihasini tayyorladi. Hujjat muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilindi.

Ro‘yxatni 514 bandgacha qisqartirish (joriy yil qabul qilingan amaldagi ro‘yxatda — 1169 dori vositasi) taklif qilinmoqda. Jumladan, ro‘yxatga 192 monopreparat (hozirda — 186) va 322 kompleksk dori vositasi (983) kiritilgan.

Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining yangilangan ro‘yxatini qabul qilish Prezident v. b. tomonidan yaqindagi qabul qilingan “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.