Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 10-noyabr kuni “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Iordaniya ustidan 1: hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 45-daqiqasida hujumchi Igor Sergeyevning goli yagonaligicha qoldi. 2012 yildan buyon ilk bor Vadim Afonov milliy termaga taklif etildi. “Orenburg” yarimhimoyachisi terma safida ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Bosh murabbiy Samvel Babayan jamoasining keyingi o‘yini 15-noyabr kuni safarda jahon chempionati-2018 uchinchi saralash raundi beshinchi turi doirasida Janubiy Koreyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Server Jeparov (Aleksandr Geynrix, 45'), Odil Ahmedov (Sardor Rashidov, 45'), Igor Sergeyev, Davron Xoshimov, Vadim Afonin (Aziz Haydarov, 72'), Otabek Shukurov (Javohir Sohibov, 65'), Vitaliy Denisov (Stanislav Andreyev, 46'), Eldor Shomurodov (Jalolidin Masharipov, 59'). Zahirada: Eldorbek Suyunov, Salomot Qutiboyev, Jaloliddin Masharipov, Ignatiy Nesterov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Jamshid Iskandarov.

Video