11-noyabr kuni Filadelfiyada (AQSH) yirik professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Uning doirasida 10 ta jang o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, o‘zbek bokschisi Xurshidbek Normatov (2−0−0, 1 KO) ham ringga ko‘tariladi.

24 yoshli andijonlik bokschi 35 yoshli amerikalik Lenvud Doyzer (10−13−2, 5 KO) bilan jang qiladi. Bahs 6 raundlik formatda bo‘lib o‘tadi.

Qayd etib o‘tamiz, Normatov Fight Promotion promouterlik kompaniyasi bilan 15 ta jang uchun uch yillik shartnoma imzolagan. 25ғiyun kuni debyut jangini o‘tkazib, Romon Barberni (6−11−0, 5 KO) mag‘lubiyatga uchratdi. 23ғsentyabr kuni esa Tomas Bernardni (5−4−0, 3 KO) nokaut holatiga tushirib, ikkinchi g‘alabasini nishonladi.

Normatov 2010, 2011, 2013, 2014ғyillarda O‘zbekiston chempioni bo‘ldi, 2013ғyilgi Jahon Universiadasida kumush medal sohibiga aylandi. Jahon boks seriyasida (WSB) O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy Ziyatdinbek Toygonbayev rahbarligi ostida “Ukrain atamanlari” musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Mazkur yarim professional turnirda Xurshidbek bo‘lg‘usi Olimpiada-2016 bronza medali sohibi Misael Rodriges hamda ikki karra Olimpiya chempioni kubalik Arlen Lopesni mag‘lubiyatga uchratdi.