10-noyabrdan 10-yanvargacha O‘zbekistonda Yong‘in xavfsizligi kunlari o‘tkaziladi, xabar qildi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi.

2011-yildan buyon O‘zbekistonda hukumat qaroriga binoan 20-noyabrdan yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkazib kelinmoqda. Bu safar esa bosh vazirning 7-noyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra tadbir ikki oyga — 2017-yil 10-yanvarga qadar uzaytirildi.

Yong‘in xavfsizligi kunlarining asosiy vazifasi iqtisodiy va ijtimoiy soha ob’ektlari, turar-joy binolarida yong‘in xavfsizligi talablarining bajarilishini ta’minlash, davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini oshirish bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirishdan iborat.