Prezidentlikka O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Otamuratov 9-noyabr kuni Navoiy viloyatida saylovchilar va keng jamoatchilik bilan uchrashdi, xabar qildi partiya matbuot xizmati.

Sarvar Otamuratov transport va logistika infratuzilmalari imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi. U, shuningdek, “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” belgisi ostida jahon bozoriga mahsulot yetkazib berishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni davom ettirish ustuvor vazifalardan ekanini ma’lum qildi.