Samarqand viloyati hokimi Zoir Mirzayev yangi hokimlarni tayinladi, xabar qildi hokimiyat matbuot xizmati.

Kattaqo‘rg‘on shahriga Bahodir Sadullayev hokim etib tayinlandi. Avvalgi hokim Shuhrat Rahmonov o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etdi.

Oqdaryo tumaniga Pirmatboy O‘sarov o‘z vazifasidan xohishiga ko‘ra bo‘shagan Nurali Berdiboyev o‘rniga rahbarlik qiladigan bo‘ldi.

Shunqor Xudayberdiyev viloyat hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik sohalari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi, deya xabar qildi «Samarkandskiy vestnik» gazetasi.