O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 28-oktyabrdagi qarori bilan Obid Adilov “O‘zavtoyo‘l” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari — bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi, xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Obid Choriyevich Adilov (1983-yilda tug‘ilgan) bunga qadar “Avtomagistral” ixtisoslashgan avtomobil yo‘llarini qurish-ta'mirlash birlashmasi Toshkent halqa avtomobil yo‘lidan foydalanish uchastkasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

“O‘zavtoyo‘l” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari — bosh muhandisi kompaniyadagi avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish, investitsion loyihalarning texnik nazorati, shuningdek, transport, mexanizatsiya va texnik ta’minot sohalariga rahbarlik qiladi.