O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi ko‘zi ojiz fuqarolarning saylov huquqlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni qabul qildi. Yangi o‘zgarishga ko‘ra, ular uchun Brayl alifbosida saylov byulletenlarini tayyorlanadi. Bu haqda 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Markaziy saylov komissiyasi majlisida ma’lum qilindi.

Barmoqlar yordamida o‘qishga mo‘ljallangan relef-nuqtali yozuvlar — Brayl alifbosidan foydalanilgan byulletenlar O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan saylovlarda ilk bor qo‘llanilmoqda.

Majlisda YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kuzatuvchilar missiyasining O‘zbekistonga 6−7-noyabr kunlari tashrif buyurgan 20 nafar uzoq muddatli kuzatuvchisini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida ham qaror qabul qilindi.