Toshkent ikkilamchi kvartira bozorida taklif etilgan 1 kv. m uchun o‘rtacha narx sentyabrdagi bir oz ko‘tarilishdan so‘ng oktyabrda 2 foizga arzonlab, 577 sh. b. (shartli birlik)dan 564 ga qadar yetdi. Mazkur ma’lumotlar CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga taqdim etgan hisobotda o‘z ifodasini topdi.

Panel turidagi xonadonlar «kvadrati» narxi martdagi 543 sh. b. dan 537 sh. b. ga (-1%) arzonlagan bo‘lsa, g‘ishtli uylar narxi 3 foizga pastladi — 621 o‘rniga 602 sh. b.

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha namoyon bo‘lmoqda: bir xonali kvartiralar — 560 sh. b. (-2%), ikki xonali — 557 (-1%), uch xonali — 573 (-3%), to‘rt xonali — 583 (-2%).

Bu boradagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.