9-noyabrdan “Toshkent-Andijon” yo‘nalishi bo‘yicha yangi 94/93-sonli tezyurar poyezdi xaftasiga bir marotaba xarakatlanishni boshlaydi, xabar qildi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi.

Poyezd Toshkentdan chorshanba kuni 13:00 da jo‘nab ketadi va Andijonga 19:10 ga yetib boradi. Andijondan shanba kuni 22:15 da jo‘nab ketib, Toshkentga yakshanba kuni 05:16 da yetib boradi.

10-noyabrdan “Andijon-Urganch” yo‘nalishi bo‘yicha yangi 393/394-sonli yo‘lovchi poyezdi ham xarakatlanishni boshlaydi. Andijondan payshanba kuni 08:05 da yo‘lga chiqib, Urganchga juma kuni 08:00 da yetib boradi. Urganchdan qaytish reysi juma kuni 19:20 da yo‘lga chiqib, Andijonga shanba kuni 19:10 da yetib boradi.