5-noyabr kuni Xyustonda (AQSH) vafot etgan shoir Abdulla Oripovning oila a’zolari marhumning jasadini O‘zbekistonga olib kelish va o‘z vatanida dafn qilishga qaror qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabarida ma’lum qilindi.

TIV O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasiga konsullik va boshqa masalalarni zudlik bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi muallifi, O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov og‘ir xastalikdan so‘ng 76 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.