5-noyabr kuni Liberetsda (Chexiya) aralash yakkakurashlar (MMA) vakillari ishtirokida Night of Warriors X professional janglar kechasi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa doirasida 26 yoshli o‘zbekistonlik Mahmud Murodov jangga chiqadi. Buxorolik sportchi 10 jangning 8 tasida g‘alaba qozongan 23 yoshli polyak Damian Chandzel bilan bellashadi.

Murodov World Kickboxing Network tashkiloti talqini bo‘yicha interkontinental chempion, Caveam talqini bo‘yicha jahon chempioni tituliga egalik qiladi. To‘rt yillik professional faoliyati davomida u 18 ta jang o‘tkazib, 13 tasida g‘alaba qozongan.