O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tadbirkorga biznesni yuritishning normativ-huquqiy va tashkiliy amaliy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha fikrlarini yuborish taklifi bilan murojaat qildi. Ularni quyidagi havola orqali yuborish mumkin.

Yang yaxshi takliflar mualliflari ularning amaliy jihatdan yuzaga chiqarish bo‘yicha aniq choralarni ishlab chiqish jarayonida bevosita ishtirok etishlari mumkin, deyiladi mahkama matbuot xizmati xabarida.

«Gazeta.uz» Bosh prokuraturada tadbirkorlikning rivojlanishi yo‘lida to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzilgani to‘g‘risida xabar qilgan edi. Mazkur guruh faoliyati doirasida Bosh prokuratura Savdo-sanoat palatasi va Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Mazkur uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha tadbirkorlar tomonidan qayd etilgan asosiy muammolar ro‘yxati shakllantirilib, ularni hal etish yuzasidan tahlil o‘tkaziladi va takliflar ishlab chiqiladi.