27−30-oktyabr kunlari Sochida (Rossiya) taekvondo ITF bo‘yicha 13-“Qora dengiz sohili Kubogi” xalqaro ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalarda Krasnodar o‘lkasi, Rostov-na-Don, Volgograd, Moskva, Qrim, Stavropol, Abxaziya va Belorusdan olti va undan katta yoshdagi 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston nomidan esa 16 taekvandochi qatnashdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston 11 oltin, 3 kumush va 3 bronza medalini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyingi o‘rinlarni Rossiya va Belorus egalladi.

Texnik komplekslarda Laziz Hasanov, Zuhra Ergasheva va Baxtiyor Isroilov, yakkalik bahslarda Ibrohim Nig‘matov (24 kg), Oyatulloh Akramov (39 kg), Aygul Bolat (55 kg), Abduazim Isroilov (70 kg), Aziza Saydivaliyeva (52 kg), Zarguna Ahrorqulova (35 kg), Muhammadjon Axmitdjanov (35 kg) va Mironshoh Ahmadjonov (40 kg) birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yakka kurashlarda Saida Saydivaliyeva (64 kg), Laziza Saydivaliyeva (45 kg) va Shohjaxon Nasridinov (30 kg) kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Baxovuddin Bolat (51 kg), Doston Odiljonov (26 kg) va Ozodbek Mirzahmedov (30 kg) ham yakkalik masogi bahslarida bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Taekvondo ITF milliy assotsiatsiyasi prezidenti Laziz Hasanovning “Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, mazkur musobaqa 30-noyabr kuni Minskda start oladigan Jahon kubogi oldidan yaxshi sinov bo‘ldi.