O‘zbekiston milliy telekommunikatsiya operatori hisoblangan “O‘zbektelekom” kompaniyasi bosh direktorligiga Shuhrat Qodirov tayinlandi. Bu haqda kompaniya saytida xabar qilindi.

Shuhrat Qodirov o‘tgan yilning martidan buyon UZMOBILE milliy mobil operatori (“O‘zbektelekom” filiali) direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

U yangi lavozimga mazkur vazifada 2013-yil martidan buyon ishlab kelayotgan Abdurashid Abdumo‘minov o‘rniga tayinlandi.