Sherzod Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, xabar qilindi «Gazeta.uz"ga vazirlikdan.

Sherzod Shermatov (1977 yilda tavallud topgan) — Toshkent davlat texnika universiteti (1998 yil) va Yel universiteti (AQSH, 2000 yil) bitiruvchisi.

Bunga qadar Toshkentdagi Inha universiteti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Ungacha esa Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar davlat qo‘mitasi (hozirgi — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) raisi o‘rinbosari edi.

Vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida Intellektual mulk agentligi direktorligiga tayinlangan Alisher Fayzullayev o‘rniga faoliyat ko‘rsatadi.

Toshkentdagi Inha universiteti rektorligi esa mazkur OTMda ma’muriy masalalar bo‘yicha menejer vazifasini bajargan Sarvar Boboxo‘jayev tayinlandi.