O‘zbekiston Markaziy banki 22-oktyabr kuni “Madad Invest Bank” xususiy aksionerlik tijorat bankiga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani taqdim etdi. Bu haqda MB saytida xabar qilindi.

Shunday qilib mamlakatdagi banklar soni 27 taga yetdi. Ularning 3 tasi davlat, 11 tasi aksionerlik tijorat, 8 tasi xususiy va 5 tasi xorij kapitali ishtirokidagi moliya muassasalaridir.