O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, yig‘ilish 2−3-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotga a’zo davlatlarning hukumat rahbarlari SHHT doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishning amaliy masalalarini muhokama qiladilar.