«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ joriy yilning to‘qqiz oyi davomida 15,8 mln kishini manziliga yetkazdi. Bu o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 2 foiz ko‘p demakdir.

Yuk tashish hajmi 50,5 million tonna yoki sutkasiga o‘rtacha 184,5 ming tonnani (+0,2%) tashkil etdi, deya xabar qilindi kompaniya saytida.

Eksport esa 275,7 mln AQSH dollariga yetib, o‘tgan yilning yanvar-sentyabrt oylariga qaragandan 5,2 foiz ko‘p natija qayd etildi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» sanoat-ishlab chiqarish korxonalari tomonidan narxga taqqoslanganda 312,8 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Investitsion dasturlar doirasida barcha moliya manbalari hisobidan 673,66 mln dollar mablag‘ o‘zlashtirildi.