UZINFOCOM markazi ishtirokchilari “O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasi” aniqlagan internet-aksiyasi yakunlarini o‘tkazdi.

O‘tgan yildan buyon Meros.uz saytida bo‘lib o‘tgan ovoz berishlar yakuniga ko‘ra quyidagi yetakchilar aniqlab olindi:

  1. Registon ansambli (Samarqand);
  2. Igor Savitskiy nomidagi san’at muzeyi (Nukus);
  3. Toshkent teleminorasi (Toshkent);
  4. Forumlar saroyi (Toshkent);
  5. Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi (Samarqand);
  6. Ichan qal’a qadimiy shahri (Xiva);
  7. Go‘ri Amir maqbarasi (Samarqand).

Taqdirlash marosimi INFOLIB-2016 kutubxona haftaligi doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tdi.

Yetti ob’ekt rahbarlariga O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasidan biri maqomini tasdiqlovchi xotira sertifikat-taxtachalari topshirildi.