9-noyabrdan 7-dekabrga qadar Toshkentdagi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Kelajakka yo‘l: Yaponiyaning yangi avlodi san’ati” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir tashkilotchilari — Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Yaponiya jamg‘armasi.

Yaponiya diplomatik missiyasidan xabar qilinishicha, ko‘rgazma Kunchiqar o‘lkaning XXI asr boshidagi san’atiga yo‘naltirilgan. Unda so‘nggi vaqtlarda diqqat markaziga tushgan 11 nafar yosh yapon rassomlarining 42 san’at asari -kartinalar, skulpturalar, installyatsiyalar, fotografiyalar va videolari o‘rin olgan.

Gap Asushi Fukui, Satoshi Xirose, Mayva Denki, Tomoyasu Murata, Tetsuya Nakamura, Masafumi Sanai, Katsuxiro Sayki, Yoshixiro Suda, Tabaimo, Nobuyuki Takaxashi b Miyuki Yokomidzo haqida ketmoqda. Ular san’at obyekti sifatida o‘zlarini qurshab olgan muhitni tanlab, shaxsiy hayotini aks ettirgan san’atni namoyon etadi.