“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi yanvar-sentyabrda 16692 reysni amalga oshirib, 1,882 mln yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazdi, xabar qilindi aviatashuvchi saytida. Bu o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 5 foizga kam demakdir.

Uzoq xorij yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish hajmi 0,8 foizga oshgan bo‘lsa, yaqin xorij va respublika ichida mos ravishda 4,2 va 14,4 foizga kamaygan. Bir reys uchun o‘rtacha yuklama 113 yo‘lovchini tashkil etgan.

MAK yuk tashuvchi samolyotlari 734 reysni amalga oshirib, o‘tgan yilning birinchi to‘qqiz oyiga nisbatan 46 reys kam natija qayd etgan. Jami bo‘lib 30,6 ming tonna yuk tashilgan (-1,6%). Xalqaro intermodal logistika markazi joylashgan “Navoiy” aeroportidan 27 ming tonna yuk tashilgan.