O‘tgan haftada Navoiy issiqlik elektrostansiyasida (IES) quvvati 450 MVt ga teng ikkinchi bug‘-gaz uskunasi qurilishi bo‘yicha xalqaro shartnoma imzolandi. Uskuna foydalanishga topshirilishi bilan u yiliga 3,28 mlrd kVts qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlaydi.

“O‘zbekenergo” AJ buyurtmasini Yaponiyaning Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power Systems kompaniyalari amalga oshiradi. Moliyalashtirish ishlari esa Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) zayomlari, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kreditlari hamda “O‘zbekenergo"ning xususiy mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Tez orada bosh pudratchi qurilish maydonini tayyorlash: yordamchi binolar, idoralar, omborxonalar, quruvchilar uchun xo‘jalik ob’ektlarini bunyod etish, qurilish maydonini tayyorlash, kommunikatsiyalarni montaj qilish bo‘yicha ishlarni boshlab yuboradi. Jadvalga muvofiq, navbatdagi BGU 2019-yilning to‘rtinchi choragidan foydalanishga topshiriladi.

Navoiy ISEning birinchi bug‘-gaz uskunasi 478 MVt quvvatga ega bo‘lib, 2012ғyil oxirida ishga tushirilgan edi. Bu O‘zbekiston energiya tizimidagi amalga oshirilgan ilk yirik xalqaro loyihaga aylandi. Stansiya modernizatsiya qilinguniga qadar 1 kVts elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun 400 g atrofida gaz yoqilgan bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatkich 220−235 g ni tashkil etadi. Shunday qilib, 2014−2015ғyillarda 700 million kub metr gaz iqtisod qilindi.

Chorak asr muqaddam stansiya 25 ming kVts elektr energiya ishlab chiqargan bo‘lsa, bugungi kunda uning quvvati 9 milliard kVts atrofidani tashkil etmoqda.