29-oktyabr kuni Dushanbeda (Tojikiston) ayollar U-19 jamoalari o‘rtasida Osiyo chempionati-2017 saralash musobaqasi ikkinchi turida Gongni qiyinchiliksiz 3:0 hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi. Milliy terma jamoa tarkibidagi Feruza Boboxo‘jayeva (53-daqiqada) uchrashuvdagi ilk golni nishonlagan bo‘lsa, 78 va 79-daqiqalarda Shahnoza Qurbonova dubl qayd etdi.

Ikkinchi tur yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston B guruhida 6 ochko bilan birinchi o‘rinni Tojikiston termasini 2:5 hisobiga mag‘lub etgan Xitoy Taybeyi bilan bo‘lishib turibdi.

Osiyo chempionati final qismiga yo‘llanmani faqatgina saralash turniri g‘olibi qo‘lga kiritishi mumkin. Ular kelgusida so‘nggi qit’a birinchiligining eng yaxshi jamoalari bo‘lgan Yaponiya, KXDR, Janubiy Koreya va Xitoy bilan final bahslarini davom ettiriradi. Mazkur sakkiz jamoa avgustda Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi-2017 g‘olibligi uchun kurashadi.

So‘nggi saralash uchrashuvida 31-oktyabr kuni Bahrom Norsafarov jamoasi Xitoy Taybeyi vakillari bilan o‘ynaydi. O‘zbekiston g‘olib chiqqan taqdirdi, OCH-2017 yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.