Namangan viloyatining Nurafshon qishlog‘ida VAZ-2106 avtomashinasi haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi, xabar qildi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Hodisa sababchisi yashiringan, jabrlangan ayol voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Urib yuborish dalili bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

O‘tkazilgan tezkor qidiruv chora-tadbirlari natijasida jinoyat 20 yoshli mahalliy fuqaro tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

Gumondor qo‘lga olingan, ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda.