1-noyabrdan Toshkent va Andijon o‘rtasida qatnovchi poyezdlar hamda shaharlararo temir yo‘l reyslari jadvaliga o‘zgartishlar kiritiladi. Yangi jadval “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi saytida e’lon qilindi.

Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi 60/59-sonli poyezd: Toshkentdan jo‘nash 08−05 da, Andijonga kelish 13−35 da va Andijondan jo‘nash 15−50 da, Toshkentga kelish 21−20 da.

Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi 62/61-sonli poyezd: Toshkentdan jo‘nash 17−20 da, Andijonga kelish 22−50 da va Andijondan jo‘nash 06−20 da, Toshkentga kelish 12−04 da.

Dastavval ushbu masofa uchun olti soatga yaqin vaqt sarflangan bo‘lsa, endilikda bu muddat taxminan yarim soatga qisqaradi.

Andijon-Buxoro yo‘nalishidagi 392-sonli poyezdning yangilangan jo‘nash vaqti: Andijondan 14−20 da, Toshkentga kelish 20−44 da.

Andijon-Toshkent yo‘nalishidagi 91/92-sonli poyezd: Andijondan jo‘nash 22−15 da, Toshkentga kelish 05−16 da va Toshkentdan jo‘nash 06−40 da, Andijonga kelish 12−55 da.

Shaxarlararo poyezdlar jadvalidagi o‘zgarishlar:

  • To‘qumachi-Angren yo‘nalishidagi 6308-sonli poyezd: To‘qumachidan jo‘nash 18−00 da va Angrenga kelish 21−56 da.
  • Angren-To‘qumachi yo‘nalishidagi 6309-sonli poyezd: Angrendan jo‘nash 06−03 da va To‘qumachiga kelish 09−48 da.
  • Andijon-Qo‘qon yo‘nalishidagi 6309-sonli poyezd: Andijondan jo‘nash 04−30 da va Qo‘qonga kelish 07−39 da.
  • Qo‘qon-Andijon yo‘nalishidagi 6310-sonli poyezd: Qo‘qondan jo‘nash 14−20 da va Andijonga kelish 17−58 da.

Texnik sabablarga ko‘ra 7−10,14−17 va 21−24-noyabr kunlari Toshkent-Qarshi yo‘nalishidagi 760/759-sonli “Afrosiob” poyezd o‘rniga jadval asosida 2/1-sonli tez yurar poyezd xarakatlanishi davom etadi.