— Sharbatlarni aslida nimadan tayyorlashadi?

— Haqiqatan ham barcha sharbatlar olmadan tayyorlanib, so‘ng ularga aromatizator va bo‘yoq moddalar qo‘shiladimi?

— Qanday qilib sharbat buncha uzoq vaqt davomida o‘z yaroqliligini saqlab turadi?

Shu va shu kabi ko‘plab boshqa savollarga 10 oktyabr kuni kuni «Potrebitel.uz» guruhi javob oldi va endi bu javoblar bilan siz ham tanishishingiz mumkin. Dena zavodi o‘z iste’molchilari uchun barcha sirlarni ochdi.

«Potrebitel.uz» guruhi ekskursantlari Dena sharbat va nektarlari ishlab chiqariladigan zavodga tashrif buyurishdek imkoniyatga ega bo‘lib, ishlab chiqarishning butun jarayonini — mevalarni yuvishdan tortib tayyor sharbatni qadoqlashgacha bo‘lgan bosqichlarni bevosita kuzatdi.

Marwin Brands milliy innovatsion kompaniyalardan biri bo‘lib, mevadan tayyorlangan sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari — tabiiy sharbat va nektarlarni tayyorlash, ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Ekskursiya qatnashchilarini kompaniya boshqaruvchisi, O‘zbekistondagi eng yaxshi top-menejerlardan biri va auditoriyani o‘ziga qaratib tura oladigan ajoyib notiq Alisher Isayev kutib oldi. Ekskursantlar ham jimgina sayr qilgani yo‘q — ularning tinimsiz savollariga zavod xodimlari javob qaytarishga bazo‘r ulgurdi.

Ekskursiya ishtirokchilari dastlab bortida yashil qushcha tasviri bor mashinani ko‘rishdi — u behi olib keldi. Behi — yetarlicha qaysar meva. Behining suvini chiqarib olish — haqiqiy mashaqqat.

Alisher Isayevning ta’kidlashicha, kompaniya o‘z sifat nazoratini mevalarni qabul qilish bosqichidan boshlaydi. Hamkorlarning baho berishicha, Dena xom ashyo sifati masalasida eng qaysar ishlab chiqaruvchilardan biridir. Zavodda uchta laboratoriya bor — birlamchi laboratoriyada mevalar kimyoviy zaharlanganlikka tekshiriladi, biokimyoviy laboratoriyada ulardagi kislota va shakar miqdori o‘rganiladi va bakteriologik laboratoriyada meva pyuresi «ekiladi». Yetti kun ichida pyuredan hech narsa o‘sib chiqmasa, undan sharbat tayyorlash mumkin. Aks holda, mahsulot laboratoriya va tuman sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan yo‘q qilinadi.

Qayd etish joiz, bu nazoratlarning barchasi — Marwin Brands zavodiga o‘rnatilgan ilg‘or ishlab chiqarish liniyasi talabidir. MDH bo‘yicha faqat ikki zavodda bunday liniyada sharbat ishlab chiqariladi: biri Dena bo‘lsa, yana biri «Dobrыy» sharbatlarini tayyorlovchi korxonadir.

Behi quyqali Dena sharbati. Ximikatlar qo‘shilmagan. Bir necha bor archish, quyqasi qolishi uchun meva suvini ehtiyotkorlik bilan siqib chiqarish kabi ishlar faqat mexanik yo‘l bilan amalga oshiriladi. Behi sharbatining rangi juda yorqin emas, lekin zavodda bo‘yoq moddalardan foydalanilmaydi.

Ekskursiya qatnashchilari qaynoq sharbatni ham totib ko‘rdi. Shakarsiz va olmasiz sharbatning mazasi e’tiborga molik emasligini ekskursiyaning barcha a’zolari qayd etib o‘tdi.

«Sharbatlarning barchasi olmadan qilinishi, faqat etiketkalar har xil bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlar rostmi?», — deb ochiq so‘radi zavod mehmonlari.

«Olma miks ko‘rinishida ko‘plab sharbatlarga qo‘shiladi. Masalan, olma qo‘shmasa, olcha sharbatini ichish muammoli bo‘lib qoladi — kislota miqdori juda yuqori, bu esa ba’zi bir oshqozonlar uchun foydali bo‘lmasligi mumkin. Biroq Dena har doim bu faktni nafaqat kichik harflarda, balki surat yordamida qadoqda ham ko‘rsatib o‘tadi. Ya’ni, tarkibida olma ham bo‘lgan olcha sharbati qadog‘ida albatta olma surati bo‘ladi, vaholanki, standart bo‘yicha bunday talab yo‘q», — dedi Alisher Isayev.

Mevali pasta ikki yilgacha saqlanishi mumkin. Tayyor sharbatni saqlash muddati esa — bir yil. Biroq bunday muddatlar maksimal ko‘rsatkich, xolos. Odatda ularning barchasi tezda sarflab bo‘linadi.

Zavod uskunalari barcha zamonaviy talablarga javob beradi. Ishlab chiqarish liniyalari yopiq turga mansub: qadoqqa tushguniga qadar sharbatning yo‘li odamniki bilan kesishmaydi. Liniyani to‘xtatish mumkin emas, sharbat bir necha qayta ishlash bosqichlaridan o‘tadi va ultrapasterizatsiya qilinadi. Bu — sharbat bir necha soniya ichida katta bosim ostida yuqori darajada qizdiriladi, so‘ng tezda sovitiladi, degani. Mazkur jarayon yordamida sharbatdagi barcha mikroelementlar va vitaminlar saqlab qolinadi. Shundan so‘ng mahsulot unga uzoq vaqt davomida konservantlarsiz yaroqli bo‘lib turish imkonini beruvchi aseptik Tetra Pak qadog‘iga tushadi.

Zavoddagi sharbatlar savdo bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan grafik asosida ishlab chiqariladi. Bo‘lim prognoz rejalarni tayyorlaydi, shunga muvofiq zavod sharbat ishlab chiqaradi. Savdoning asosiy oylari — mart va dekabr, shu ikki oyda ishlab chiqaruvchi bir yillik daromadining qariyb yarmini qo‘lga kiritadi.

Dena sharbatlari Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Qozog‘iston, Gruziyaga eksport qilinadi va hamkorlar geografiyasi muntazam kengayib bormoqda. Xorijlik hamkorlar sifatli va rostgo‘y bo‘lgani uchun o‘zbek sharbatlarini juda qadrlaydi.

Bolalar orasida ommalashgan gazli ichimliklar ishlab chiqarish taklifiga javoban zavod rahbarlari yakdil shunday dedi: «Biz o‘z uyimizga, farzandlarimizga ravo ko‘radigan mahsulotnigina ishlab chiqaramiz».

Ekskursiya haqidagi to‘liq hisobot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.