O‘zbekistonning besh hududi — Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi qo‘llarni sovun yordamida muntazas yuvish zarurligi to‘g‘risidagi axborot kampaniyasiga qamrab olindi. Aksiya Xalq ta’limi vazirligi tomonidan BMT BOlalar jamg‘armasining (YUNISEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida o‘tkazildi.

YUNISEF vakolatxonasi xabariga ko‘ra, kampaniyada mazkur viloyatlarning ayrim joylarida istiqomat qiluvchi 7000 dan ziyod o‘quvchilar va ularning murabbiylari ishtirok etdi. YUNISEFning O‘zbekistondagi vakili Sasha Graumanning ta’kidlashicha, ovqatlanishdan avvalgi qo‘lni sovunlab yuvishdek oddiy harakat qator xavfli kasalliklar, jumladan, pnevmaniya va diareyaning oldini oladi, yuqumli diareya xastaliklariga chalinish xavfini 40 foizga bartaraf etadi.

YUNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda butun dunyoda xavfsiz ichimlik suvi va sanitraiya sharoitlari bo‘lmagani bilan bog‘liq yuqumli diareyali xastaliklari oqibatida 5 yoshgacha bo‘lgan 300 ming bola hayotdan ko‘z yumgan. Har yili 1,7 million bola diareya va pnevmaniya sababli tug‘ilganidan besh kungacha yashay olmay vafot etadi. Hojatxonadan foydalangan har beshinchi odamgina qo‘llarini sovunlab yuvadi.