Osiyo futbol konfederatsiyasi oktyabr oyi uchun OFK koeffitsiyentlarining yangilangan reytingini e’lon qildi. unda O‘zbekiston 47 a’zo-davlat o‘rtasida 9-o‘rinni band etdi.

OFK umumiy reytingida Janubiy Koreya yetakchilik qilmoqda (92,939 ball). BAA 6 ball (86,36), Saudiya Arabistoni 8 ball (84,68) bilan undan ortda qolmoqda. O‘zbekiston o‘tgan oydagi o‘rnini saqlab qolgan bo‘lsa ham, ballar sonini 56,31 dan 58,51 ga oshirib oldi.

Mamlakatlar reytingi assotsiatsiyaning barcha klublari Chempionlar ligasi hamda OFK Kubogida so‘nggi to‘rt mavsumda erishgan natijalar, shuningdek, FIFA reytingi (30 foiz) asosida tuziladi. Klublar reytingi va termalar reytingi jamlanib, OFKning umumiy reytingini beradi.