Chorshanba kuni kechqurun Nukusda yer osti silkinishlari sezildi, deya xabar qildi Qoraqalpog‘iston poytaxtida yashovchi fuqaro “Gazeta.uz"ga.

"Tahririyatimiz yangi turar-joy binolaridan birining katta vitrinali oynalarga ega birinchi qavatida joylashgan. Zilzila besh soniyacha sezilib turdi, oynalarning kuchli silkinishi eshitildi", — dedi “Nukusskaya nedelya” gazetasi bosh muharriri Azamat Davletmuratov.

Zilzila taxminan 19:20 da sodir bo‘lgan.

Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Turkmanistonning g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, magnitudasi 5,7 ni tashkil qilgan.