O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Kvetta shahridagi politsiya akademiyasida sodir etilgan terrorchilik hujumi natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Navoz Sharifga maktub yo‘lladi, xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Davlat rahbari Pokiston Hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya bildirdi hamda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga va jarohat olganlarga samimiy hamdardlik izhor etdi.

Eslatib o‘tamiz, akademiyaga uyushtirilgan hujum natijasida 60 nafardan ziyod kishi qurbon bo‘ldi, 165 kishi jarohatlandi. Hujum uchun javobgarlikni «Islom davlati» terroristik guruhi o‘z zimmasiga oldi.