26-oktyabr kuni bosh vazir o‘rinbosari Adxam Ikramov boshchiligidagi delegatsiya javob tariqasidagi tashrif bilan Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida bo‘ldi. Uning tarkibidan O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimlari, davlat organlari, ilm-fan va maorif, madaniyat va san’at sohalari vakillari o‘rin olgan.

Qo‘shni davlat hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Dostuk” NO‘Pda O‘zbekiston delegatsiyasini Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Muxammetkali Abulgaziyev, bosh vazir o‘rinbosari Jenish Razakov, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Daniyar Sidikov, O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlari rahbarlari, oqsoqollar, jamoat va madaniyat vakillari kutib oldi.

Tashrif doirasida delegatsiya O‘sh davlat universitetida bo‘lib, tibbiyot fakulteti faoliyati bilan tanishdi. Talabalar oldida so‘zga chiqqan Adham Ikramov ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va do‘stona qo‘shnichilik aloqalarining buzilmas ekanini qayd etib o‘tdi.

O‘zbekiston vakillari O‘sh markaziy maydonida tashkillashtirilgan turli madaniy tadbirlarda ishtirok etdi, shuningdek, fermerlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda mahalliy ustalarning qo‘l mehnati namunalari yarmarkalarini tomosha qildi.

1-oktyabr kuni bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Muxammetkali Abulgaziyev boshchiligidagi Qirg‘iziston delegatsiyasi o‘zbek tomonining taklifi bilan Andijon viloyatiga tashrif buyurgan edi. Tashrif yakunlari bo‘yicha ikki mamlakatning chegaradosh viloyatlari hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

Foto