25 oktyabrda Jahon banki “Biznesni yuritish 2017: boshqaruv sifatini va samaradorligini baholash” (Doing Business 2017: Equal Opportunities for All) hisobotini e’lon qildi. O‘zbekiston 190 mamlakat joy olgan yangi reytingda o‘tgan yilgi 87-o‘rnini saqlab qoldi. Jahon banki ekspertlari hisobotning 10 indikatoridan 5 tasida O‘zbekiston pozitsiyasini yaxshilagan.

14- bor e’lon qilinayotgan har yillik hisobotda tadbirkorlik faoliyatini kengaytiruvchi va uni cheklovchi huquqiy normalarga baho beriladi. Tahlillar xususiy tadbirkorlik uchun muhim 10 jihat bo‘yicha olib boriladi (tayyorlangan ma’lumotlar 1 iyun holatiga ko‘ra).

O‘zbekistonda reytingdagi quyidagi indikatorlarda pastlash kuzatildi: “Elektr ta’minoti tizimiga ulanish” — minus 5 punkt (78-o‘rindan 83-ringa), “To‘lovga layoqatsizlikka ruxsat berish” — minus 5 (72-dan 77-ga), “Korxonani ro‘yxatga olish” — minus 2 (23-dan 25-ga), “Kreditlar olish” — minus 2 (42-dan 44-ga) va “Shartnomalar ijrosini ta’minlash” — minus 1 (37-dan 38-ga).

“Qurilishga ijozat olish” mezoni bo‘yicha mamlakat umumiy reytingda 147-o‘rinda qolmoqda. “Minoritar investorlarni himoyalash” (78-dan 70-o‘ringa), “Mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish” (81-dan 75-ga), “Soliq solish” (139-dan 138-ga) va “Xalqaro tijorat” (166-dan 165-ga) indikatorlari bo‘yicha vaziyat yaxshilangan.

Milliy axborot agentligi (O‘zA)ning yangi reytingga bag‘ishlangan xabarida keltirilishicha, “Minoritar investorlarni himoyalash” ko‘rsatkichi bo‘yicha mamlakat reytingining sezilarli darajada yaxshilanishiga Aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi axborotlarning oshkoralik darajasini oshirish va aksiyadorlik kapitaliga egalik qilish tizimini yanada takomillashtirish orqali minoritar investorlar huquqlarini kuchaytirishga qaratilgan yangi normalar va mexanizmlarning joriy etilishi hissa qo‘shdi.

1 yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyatini tashkil etish va tadbirkorlarni jalb etmagan holda vakolatli organlar o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashinuvi tizimini yanada takomillashtirish evaziga mulkni ro‘yxatga olish bo‘yicha mamlakat reytingi yaxshilandi

“Biznesni yuritish” tadqiqotlari ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2006 yildan 2017 yilga qadar tadbirkorlik faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan 27 islohot amalga oshirilgan.

Biznesni yuritish bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni so‘nggi 10 yillikdagi yetakchi Singapurni quvib o‘tgan Yangi Zelandiya band etgan. Uchinchi o‘rinda esa Daniya, so‘ngra XXRning Maxsus ma’muriy hududi Gongkong, Koreya Respublikasi, Norvegiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Shvetsiya va Makedoniya egallagan.

Sobiq Ittifoq mamlakatlari bo‘yicha reyting:

Estoniya — 12-o‘rin

Latviya — 14-o‘rin

Gruziya — 16-o‘rin

Litva — 21-o‘rin

Qozog‘iston — 35-o‘rin

Belarus — 37-o‘rin

Armaniston — 38-o‘rin

Rossiya — 40-o‘rin

Moldova — 44-o‘rin

Ozarbayjon — 65-o‘rin

Qirg‘iziston — 75-o‘rin

Ukraina — 80-o‘rin

O‘zbekiston — 87-o‘rin

Tojikiston — 128-o‘rin.