Dushanba kuni poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz"da ochilgan X Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 20 mingdan ziyod nomdagi mahsulotlar taqdim etildi. 31-oktyabrga qadar davom etadigan tadbirkorlar yubiley forumida 2000 milliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etmoqda.

Keng miqyosli tadbir “O‘zekspomarkaz"ning barcha pavilonlarini qamrab olgan. Unda geologorazvedka, mineral-xom ashyo resurslarini qazib olish va qayta ishlash, elektrotexnika, kimyo, farmatsevtika, yengil va og‘ir sanoat, qurilishi materiallari, poligrafiya, transport va transport mashinasozligi singari sohalar vakillari ishtirok etmoqda.

Marosim ochilishida so‘zga chiqqan O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Roziqulov uni o‘zbek ishlab chiqaruvchilari va xorijlik iste’molchilar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish uchun samarali maydoncha ekanini ta’kidlab o‘tdi.

O‘tgan yarmarkada 12 trln so‘mdan ziyod miqdordagi mahsulotlarni yetkazib berishga shartnomalar imzolangan bo‘lsa, xorijiy kompaniyalar bilan 8,5 mlrd dollarlik bitimlar tuzilgan.

Chet ellik ishtirokchilar soni 1300 dan ortadi. Rossiya va Qozog‘istondan delegatsiyalar tashrif buyurdi. Xususan, RF sanoat va tijorat vaziri o‘rinbosari Aleksandr Morozov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi tarkibidan yirik kompaniyalar vakillari joy olgan.