26−28-oktyabr kunlari O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozukulov boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasiga tashrif buyuradi, xabar qildi TIV matbuot xizmati.

O‘zbekiston-Belarus kelishuvlariga binoan delegatsiya turli darajalarda ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi hamda 28-oktyabr kuni Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

MDH Ijro qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, majlisda Hamdo‘stlik faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga taalluqli 20 dan ziyod hujjat loyihasini ko‘rib chiqish rejelashtirilgan.